Prezident Şavkat Mirziyoyev Qaşqadaryo viloyatiga safari çoğida Özbekiston florasi dorivor giyohlarga boy ekanini, xususan, za'faron ösimligidan qadimdan xalq tabobatida keng foydalanib kelinganini ta'kidlab, soha mutaxassislariga bunday ösimliklar turini köpaytiriş va plantatsiyalarni kengaytiriş böyiça tavsiyalar bergan edi. 

Ayni vaqtda Özbekiston Respublikasi Örmon xöjaligi davlat qömitasi Brand Investment Group mas'uliyati çeklangan jamiyati bilan hamkorlikda za'faron plantatsiyalarini taşkil etişni boşladi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.

– Za'faron ösimligi issiqlik va yoruğlikni sevadi, – deydi davlat qömitasi boş mutaxassisi Mansurbek Satimboyev. – Bu ösimlik yurtimiz tuproq-iqlim şaroitiga töliq mos bölib, uni Farğona vodiysi, Toşkent, Samarqand, Qaşqadaryo, Surxondaryo, Navoiy va Jizzax viloyatlarida yetiştiriş imkoniyati mavjud. Bu ösimlikning biologiyasi va yetiştiriş agrotexnikasini yaxşi örganib, fermerlarni jalb etsak, daromadli sohaga asos solinadi. Zero, bir gektar plantatsiyadan birinçi yil örtaça 4 kilogramm, ikkinçi yili 7-8, keyingi yillarda 15-16 kilogramm hosil olinadi. Jahon bozorida 1 kilogramm xomaşyoning narxi 400 dollardan 1000 dollargaça baholanadi. 1 kilogramm guli 2500 dan 5000 dollargaça sotiladi. 

Uluğ allomamiz Abu Ali ibn Sino za'faron içiş rangni çiroyli, közni ravşan, yurakni quvvatli, nafas a'zolarini soğlom qilişini yozib qoldirgan. 

Özbekistonda za'faron yetiştiriş va plantatsiyalarini taşkil etiş farmatsevtika, parfyumeriya va oziq-ovqat sanoatini mahalliy xomaşyo bilan ta'minlaşda muhim omil bölib xizmat qiladi.