Özbekistonning Birinçi Prezidenti Islom Karimov vafotiga bir yil tölişi arafasida uning qizi Lola Karimova-Tillayeva Facebook’dagi sahifasi orqali dugonasi Oqila Toirovaning xotiralarini ulaşdi.

«Men uçun juda şaxsiy bölgan uşbu hikoyani sizga havola etmoqçiman, çunki bir yil avval aynan şu kunda barça özbekistonliklarga ta'sir etgan, otamning soğliqlari bilan boğliq qayğuli voqealar boşlangan edi.

Men padari buzrukvorim, Özbekistonning birinçi prezidenti hayotining sönggi kunlari tafsilotlari bilan bölişmoqçiman. Bu xotiralar mana 20 yildan ortiqroq vaqt davomida menga qadrdon bölgan inson tomonidan yozilgan. Öşa oğir kunlar, men tamomila qayğuga botgan damlarda, dugonam otam hayotlarining sönggi kunlari tafsilotlari bizlar uçun keyinçalik katta ahamiyatga ega bölişini anglab qoğozga tuşirgan edi», — deb yozadi Karimova-Tillayeva.

Foto: Facebook / Lola Karimova-Tillayeva

Söng u dugonasining hikoyasini keltiradi:

«Prezidentimiz bilan ularning hayotliklarida uçraşib, suhbatlaşişga muvaffaq bölmaganman. U kişini talabalik davrimda — 90-yillarning örtalarida sport musobaqalarining oçiliş marosimlarida bir-ikki marotaba uzoqdan körganman.

Ammo, Xudoning xohiş va irodasi bilan, ularning hayotlarini sönggi soatlarida yonlarida böliş menga nasib etgan.

To 31 avgust oqşomiga qadar ularning hayotlarini saqlab qoliş mumkin degan umid uçquni barçamizning yuragimizda bor edi. Biroq, umid yöqligi ayon bölgaç, men şunday oğir kunlarda öz yaqin dugonamning yonida böliş hamda unga dalda beriş uçun 1 sentabr kuni Toşkentga uçib keldim. Bölib ötgan voqealar menga şu qadar qattiq ta'sir körsatdiki, men Parijdan bir inson bölib ketib, tamomila boşqa inson bölib qaytdim.

Men Toşkentga payşanba, 1 sentabr kuni keçga tomon yetib keldim va 2 sentabr kuni ertalab kasalxonaga yöl oldim. Prezidentimizning rafiqalari, qizlari Lola va Lolaning tönğiç qizi Maryam mana bir neça kundirki kasalxonada ularning oldilaridan bir zum ham ketmasdan turar edilar.

2 sentabr tonggi soat 9:00 da Özbekistonning OAV orqali prezidentimizning ahvollari oğirlaşgani haqida xabar berildi (Şu örinda aytib ötmoqçi edimki, prezidentning oila a'zolari xalqni yurtboşimiz soğliğidan bevosita xabardor qilib boriş kerakligini qat'iyan ta'kidlaşdi va aynan ularning iltimoslariga köra, yurtboşimiz vafotining sabablarini körsatuvçi tibbiy xulosa e'lon qilindi).