Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 25 avgust kuni «Özbekiston Davlat koservatoriyasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar haqida»gi PQ-3243 sonli qarorni imzoladi. Bu haqda Prezidentning rasmiy saytida e'lon qilingan.
 
Eslatib ötamiz, ilgariroq Toşkent şahridagi ikkita bino, jumladan, «Toşkent» respublika fond birjasining binosi, şuningdek, Böstonliq tumanidagi sanatoriya ham davlat konservatoriyasiga berilişi haqida xabar berilgan edi, deb yozadi Norma.uz

Özbekiston davlat konservatoriyasiga tezkor foydalaniş huquqi bilan poytaxtimizning Buxoro köçasi 10-uy manzilida joylaşgan bino va inşootlar («Fond bozori axborot resurs markazi» davlat unitar korxonasi tasarrufidagi binolardan taşqari) berilmoqda. U yerda jahon standartlariga mos keluvçi zamonaviy konsert zali barpo etiladi.

Buning evaziga «Toşkent» respublika fond birjasi» aksiyadorlik jamiyati Mustaqillik köçasi 107-uy manzilidagi binoni öz egaligiga oladi. Uşbu binoning çap qanotidagi 1-qavati va unga mos podval qismini Davlat raqobat qömitasining qimmatbaho qoğozlar bozorini muvofiqlaştiriş va rivojlantiriş Markazi tezkor foydalanişga oladi.