Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Atamboyev: «Qirg‘izlar - Markaziy Osiyoning eng qadimiy xalqi»
«Qirg‘izlar — Markaziy Osiyoning eng qadimiy xalqi», — degan Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev O‘sh viloyati O‘zgan tumani Intimaq qishlog‘i aholisi bilan uchrashuvda. Bu haqda 24.kg sayti xabar bergan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qirg‘iz xalqining qadimiylik faktini Rossiya va Qozog‘iston yetakchilari ham tan olishgan. «Biz xoqonlik barpo etganimizda ba'zi bir xalqlar hali mavjud ham bo‘lmagan», — degan Qirg‘iziston prezidenti.
Uning qayd etishicha, qirg‘iz xalqi hududlarga bo‘linmasligi kerak va boshqa davlatlarda yashayotgan millatdoshlari haqida qayg‘urishi kerak:
«Biz Oltoy va Badaxshonda yashayotgan qirg‘izlar haqida o‘ylashimiz kerak, buning uchun biz «uyg‘onishimiz» va Xudodan qo‘rqishimiz kerak».
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026