Indian Commodity Exchange birjasi dunyoda birinçi bölib olmoslar uçun fyuçerslar savdosini yölga qöydi, deyiladi ICEX materiallarida.

Aniqlik kiritilişiça, sarmoyadorlar avvaliga 1 qirotlik toşlar bilan kelişuvni amalga oşirişga muvaffaq bölişadi, keyinçalik oğirligi 0,3 va 0,5 qirot bölgan brilliantlar bilan savdo yölga qöyiladi.

«ICEX’ni savdolar boşlangani bilan tabriklayman. Işonamanki, yangi birja Hindiston tovar bozorining yanada rivojlanişiga katta hissa qöşa oladi», - deya ma'lum qildi Hindiston qimmatbaho toşlar va zargarlik buyumlarining eksportiga kömak körsatiş Kengaşi raisi Pravin Şankar Pandiya.

ICEX rahbari Sanjit Prasadning ta'kidlaşiça, fyuçers savdolarini işga tuşiriş olmos investitsiyalarini şaffof qiladi, ularning samaradorligi va xavfsizligini oşiradi, zargarlik buyumlari işlab çiqaruvçilariga esa özlarini xomaşyo narxlarining tebranişidan himoyalaş imkonini beradi.

Avvalroq eng qimmatbaho 10 olmos haqida ma'lumot berilgandi.