Balandlikdan qo‘rqmaysizmi? Daraxtning eng tepasida turib, qo‘rqmay pastga qaray olasizmi? Balandlikdan qo‘rqish yo qo‘rqmasligingizni dunyoning eng baland va xavfli kuzatuv platformalarida sinab ko‘rishga nima deysiz? Ularning aksariyatidagi shisha pollar esa qiziquvchan sayyohlarga yuzlab metr balandlikni naq oyoqlari ostida kuzatish imkonini beradi. Tabiiyki, bunday balandlikka ko‘tarilishga hamma ham jazm qila olmaydi, biroq shuni ham inobatga olish joizki, bunday joylardagi har bir nuqta barcha xavfsizlik vositalari bilan ta'minlangan. Eng yuqoriga ko‘tarilishga jazm qilganlarga Alp manzaralari, sharqiy megapolis va hatto ulkan Grand-Kanon ham tabiatning mayda ermagidek ko‘rinishi mumkin. Don't Panic dunyoning eng qo‘rqinchli va shu bilan birga noyob kuzatuv maydonlariga oid ma'lumotlar bilan tanishtirdi.

Skywalk 2

Foto:dnpmag.com

«Skywalk 2»ning kuzatuv cho‘qqisidan vodiylar va muzliklarning misli ko‘rilmagan manzaralariga guvoh bo‘lish mumkin. Bu kuzatuv maydonida uzoq turishning iloji yo‘q - shamol va sayyohlar oqimi bunga to‘sqinlik qiladi. Shunga qaramay, u dunyodagi eng qiziq kuzatuv nuqtalaridan biri hisoblanadi.

Skywalk 2, mintaqaning o‘rmon massivlari manzarasi

Foto:dnpmag.com

 Uillis-Tauer

Foto:dnpmag.com

Chikagodagi Uillis-Tauer kuzatuv maydonlari butun dunyoga mashhur. Bu yerda shahar ko‘chalaridan 1353 fut yuqoriga ko‘tarilish mumkin.

Uillis-Tauer

Foto:dnpmag.com

Maydonni ziyorat qilish vaqti har bir sayyohlik guruhi uchun chegaralangan: bunday qoida joriy qilinishida maydonning eng yuqori qavatlaridan biriga son-sanoqsiz sayyohlar oralab chiqishga majbur bo‘lgan mahalliy o‘t o‘chiruvchilar jamoasi oyoq tirab turib olgan.