Farğona viloyatida huquqni muhofaza qiluvçi idoralar tomonidan ötkazilayotgan “Kompleks” tezkor profilaktik tadbirlar davomida köplab jinoyatlar foş etilmoqda. Bu haqda KUN.UZ manbasi xabar bermoqda.

Ötgan davr mobaynida olib borilgan tezkor – qidiruv tadbirlar natijasida 16 ta jinoiy holati aniqlandi.

Marğilon şahrilik Akmal Amanbayev maxsus xaridorga 160.000 söm pul evaziga ikki gramm gaşiş giyohvand moddasini sotayotgan vaqtida uşlanib, tegişli hujjatlar rasmiylaştirildi va kelgusida tekşiriş uçun daliliy aşyo sifatida olindi.

Danğara tumani, Qizilmuşt qişloğida, Qöştepa tumani, “Langar” mahallasida yaşovçi, 1961 yilda tuğilgan Aminjon Yusupovning yaşaş xonadoni közdan keçirilganida, tomorqasida 10 tup naşa giyohvand ösimligini qonunga xilof ravişda parvarişlab yetiştirilayotganligi aniqlandi. Şuningdek, xonadon çerdagida 12 dona karton qutilarga joylangan tört kilogramm marixuana giyohvand moddasini saqlab kelayotganligi ham aniqlanib, daliliy aşyo sifatida olindi. Ayni kunlarda mazkur holat böyiça dastlabki tergov-suriştiruv işlari olib borilmoqda.