Tohirjon Haydarovani farğonaliklar juda yaxşi taniydi. U özining hunari bilan nafaqat Özbekiston balki butun dunyoga tanilgan desak mubolağa bölmaydi. Mustaqillikning 26 yilligi munosabati bilan ustaning xonadonida kulollik uy muzeyi taşkil etildi.
Muzey mingdan ortiq kulollik buyumlarini öz içiga oladi. Bu yerda mustaqillikning ilk kunlaridan, şu vaqtga qadar yaratilgan asarlarni uçratiş mumkin.
Muzey eksponatlari, asosan, özbek urf-odatlari va qadriyatlariga ega bölgan qadimiy naqşlar, minatyuralar, noodatiy kulollik buyumlari, Riştonning xalq amaliy san'ati namunalari, şuningdek, takrorlanmas san'at asarlarini öz içiga oladi. Uy-muzeyning taşqi körinişi çindan-da, har qanday mehmonning diqqatini öziga tortadi. Bu bino Rişton tumanining taşrif qoğoziga aylanişi şubhasiz.

Muzey bilan birga kutubxonaning oçilişi ham bölib ötdi. Mö'jaz kutubxona qişloq yoşlarini bir safda jamlab, ularda kitobxonlik madaniyati va mutolaaga muhabbatni oşirişga xizmat qiladi. Javonlarga tartib bilan terilgan özbek va jahon adabiyotining eng sara namunalari barça öğil-qizlarning böş vaqti sermazmun ötişini ta'minlaydi.

Hunarmand taşabbusi bilan taşkil etgan uy-muzeyi hamda kutubxonaning oçiliş marosimi çinakam bayramga aylanib ketdi. Unda söz olganlar Özbekistonda yoşlarga e'tiborning yuksak samarasi, ma'naviyatning hayotimizda tutgan örni haqida tölqinlanib gapirdi. Usta kulolning taşabbusi va saxovati uçun yoşlar öz minnatdorçiliklarini izhor qilişdi.



Ahror Ziyo, Farğona












