19 avgust kuni Farğonaning Bağdod tumani, Olçin qişloğida avtomaşina sabab yuzaga kelgan janjal oqibatida 51 yoşli ota 27 yoşli öz öğlining ustiga benzin quyib, yoqib yubordi. Bu haqda 1news.uz xabar bergan.

Voqea guvohlarining sözlariga köra, ota biron joyga borişi kerak bölib, maşinani söragan. Öğil "maşina menga kerak", degan. Maşina esa bitta. Şu payt jahl ustida ota öz öğlining ustiga baklaşkada benzin sepib, yoqib yuborgan.

Qayd etilişiça, ayni paytda öz öğliga öt qöygan şaxsga nisbatan "Odam joniga qasd qilişga uriniş" moddasi böyiça jinoyat işi qözğatilgan va u hibsda uşlab turilibdi, tuman prokuraturasi tomonidan tergov olib borilmoqda.

Naşrning yozişiça, jabrlanuvçi öğil tanasining 70 foizi kuyib, oğir ahvolda Bağdod tumani kasalxonasiga yotqizildi.