Aqlli xarid - yoruğ kelajak uçun qöyilgan ilk qadam va öz vaqtida investitsiya. Aqlli xarid orqali sotib olingan mahsulot yoki xizmatlarning sizga uzoq yillar foydasi tegişidan taşqari, fursat ötgani sari ular özining tan narxini töliq oqlaydi. Maoş oliş vaqti yaqin qolgan ekan, bayram arafasida çiroyli baland poşnali oyoq kiyim yoki yangi köylak öziga ohanrabodek tortişi mumkin, ammo kelajakdagi özingiz quyidagi 7ta xaridni öz vaqtida amalga oşirganingiz uçun rahmat aytadi.
1. Kofe-maşina
Zamon özgarib borar ekan, erta tongda işga şoşiliş, yöl-yölakay qaynoq yoki şokoladli qahva sotib oliş xohişi tuğila boşlaydi. Agar hisoblab çiqilsa, AQŞda har tong işxona sari yölda xarid qilingan qahva uçun bir kişi umri davomida taxminan 100 ming AQŞ dollari sarflaydi. Agar kofe-maşinasini xarid qiliş uçun (u esa arzon matoh emas) qunt bilan pul yiğib borsangiz, aqlli xaridlarning birinçisini amalga oşirgan bölasiz.
2. Kostyum
Savlatingizga yaraşib turadigan biznes yoki keçalar uçun kostyum sotib olişingiz şart! Bu turdagi xarid, u qadar boşni aylantirib qöyadigan darajada muvaffaqiyatli bölmasligi mumkin, ammo unga köp zaruriyat tuğiladi. Ayniqsa, siz karera quriş yölidan ildamlab borar ekansiz, albatta sifatli va xuşbiçim kostyum kerak.
3. Qattiq disk-xotira
Kompyuter va smartfondagi ma'lumotlar bazasini arxivlab qöyiş, qimmatli ma'lumotlarni töplaş va olib yuriş uçun sizga aynan qattiq disk-xotira kerak. Unça qimmat bölmagan disk sizga uzoq yil xizmat qilişi tayin.
4. Noutbuk
Zamonaviy şaxsning asosiy iş quroli noutbuk hisoblanadi. Şunday ekan, siz özingizga uzoqqa çidamli, baquvvat komponentlardan taşkil topgan noutbukni xarid qiling. Oylik maoşdan 3-4 oy iqtisod qilib, uzoq yil xizmat qiluvçi, yuqori sifatga ega noutbuk olsa böladi. Şuningdek, maişiy texnika krediti asosida xarid qilib, har oy ma'lum miqdorda pul tölab borişingiz ham mumkin.
5. Toza suv filtrlovçi apparat
Içimlik suvi tez orada global muammolar röyxatida peşqadam bölişi kutilmoqda, aholi sonining oşib borişi hamda suv resurslarining çeklangani bizni organizm uçun şart bölgan suyuqlikni tanlab içişga majbur qiladi. Bu turdagi xarid soğliq uçun, hamyonga ham ziyon keltirmaydi.











