Bugun Xitoydagi Özbekiston elçixonasida Özbekiston yoşlar ittifoqi Markaziy Kengaşi raisi Qahramon Quranbayev Xitoyda tahsil olayotgan va mehnat faoliyatini yuritayotgan özbekistonlik yoşlar bilan oçiq muloqot ötkazdi. Samimiy va erkin ruhda ötgan suhbatda Qahramon Quranbayev boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi, Özbekistonning Pekindagi elçisi Baxtiyor Saidov hamda köp sonli özbekistonlik yoşlar iştirok etişdi.

Foto: Yoşlar Ittifoqi matbuot xizmati

Qahramon Quranbayev öz nutqida Özbekistondagi ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy, iqtisodiy özgarişlar, yoşlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyati, Özbekiston yoşlar ittifoqiga yaratib berilgan keng imkoniyatlar haqida batafsil ma'lumot berdi. Oçiq muloqot davomida Xitoydagi 2700 nafardan ortiq yoşlarning manfaatlarini himoya qiliş, qolaversa, özbekistonlik yoşlarni mamlakatdagi yoşlar siyosatiga oid yangiliklardan boxabar qiliş maqsadida “Axborot yetkaziş markazi” taşkil etilişi ma'lum qilingan.

Foto: Yoşlar Ittifoqi matbuot xizmati

Muloqot davomida yoşlar özlarini qiziqtirgan barça savollarga javob olişdi. Şundan söng Akmal Ibrohimov bir ovozdan Özbekiston yoşlar ittifoqining Pekindagi Boşlanğiç taşkiloti yetakçiligiga saylandi. Boşlanğiç taşkilot yetakçisining AKT va axborotni jamoatçilikka yetkaziş böyiça örinbosari sifatida esa Ozoda Aminova faoliyat yuritadigan böldi.

Foto: Yoşlar Ittifoqi matbuot xizmati

Bir söz bilan aytganda, bu Özbekiston yoşlar ittifoqining xorijda oçilgan birinçi Boşlanğiç taşkiloti. Keyinçalik barça xorijiy davlatlarda tahsil olayotgan va işlayotgan yoşlarimizning manfaatlarini himoya qiliş maqsadida yana boşqa rivojlangan davlatlarda ham boşlanğiç taşkilotlar tuzilişi közda tutilgan.

Tadbir elçixona taşabbusi bilan yozilgan dasturxon atrofida davom etdi.