Samarqand şahridagi «Registon plaza» mehmonxonasida mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari uçun «Sharq taronalari» XI xalqaro musiqa festivaliga bağişlangan matbuot anjumani ötkazildi. Bu haqda «Sharq taronalari» XI Xalqaro musiqa festivali matbuot markazi xabar bermoqda.

Anjumanni festival matbuot markazi rahbari Safar Ostonov olib bordi.

Foto: Sharq.webmaster.uz

Özbekiston Madaniyat vaziri B.Sayfullayev, Samarqand viloyati hokimi örinbosari A.Umarov, Samarqand şahar hokimi F.Rahimov, «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivali direksiyasi rahbari T.Xoliqov, festival doirasida ötkazilayotgan «Sharq xalqlari musiqa madaniyatida milliy an'analarning şakllanişi va rivojlanişi» mavzuidagi ilmiy-nazariy konferensiya rahbari R.Abdullayev va boşqalar bu yil ön birinçi bor ötkazilayotgan festivalning borişi, iştirokçilarni kutib oliş va ular iştirokidagi madaniy dasturlar, ilmiy-nazariy konferensiya jarayonlari haqida ma'lumot berdi.

Ta'kidlandiki, bugungi kunda «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivali dunyo miqyosida ötkazilayotgan nufuzli san'at anjumaniga aylandi. Unda iştirok etiş istagida bölgan san'atkorlar safi yil sayin kengayib bormoqda. Jumladan, bu yil dunyoning  60 ga yaqin mamlakatidan 250 nafarga yaqin iştirokçi qatnaşmoqda.

Foto: Sharq.webmaster.uz

25 avgust kuni festival iştirokçilari va mehmonlari Samarqand xalqaro aeroporti va temiryöl vokzalida tantanali kutib olindi.

25 avgust kuni keçki payt Registon maydonidagi asosiy sahnada festival iştirokçilarining tanlov dasturi asosida çiqişlari boşlandi. Dastlabki kunda 9 davlat vakillari öz dasturlarini namoyiş etdi. Boşqa guruhlar esa Samarqand şahridagi «Yoşlik» va «Söğdiyona» istirohat boğlari, Samarqand pedagogika kolleji amfiteatrida mahalliy san'atkorlar bilan birgalikda konsert dasturlarida qatnaşdi.

Şuningdek, festival iştirokçilari Samarqand şahridagi tarixiy obidalar va diqqatga sazovor maskanlar, ta'lim muassasalari, işlab çiqariş korxonalari faoliyati bilan tanişmoqda.

26 avgust kuni «Registon plaza» mehmonxonasida festival doirasida «Sharq xalqlari musiqa madaniyatida milliy an'analarning şakllanişi va rivojlanişi» mavzuida konferensiya öz işini boşladi. Unda 20 dan ortiq davlatdan taşrif buyurgan yetakçi musiqaşunoslar, olimlar, madaniyat va san'at arboblari iştirok etmoqda.