Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida Samarqand şahrida Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlarini yanada rivojlantiriş va isloh qiliş masalalariga bağişlangan videoselektor yiğilişi boşlandi. 

ÖzA bergan xabarga köra, unda Boş vazir va uning örinbosarlari, Prezidentning Davlat maslahatçilari, şuningdek, videokonferentsaloqa vositasida Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Raisi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimlari, jamoat taşkilotlari vakillari iştirok etmoqda. 

Yiğilişda muddatli harbiy xizmatni ötagan fuqarolarni işga joylaştiriş, oliy harbiy ta'lim muassasalariga hujjat topşiradigan abituriyentlarni saralaş talablarini takomillaştiriş va ularni tayyorlovçi kollej hamda litseylarning faoliyatini samarali taşkil etiş, harbiy xizmatçilarni ijtimoiy muhofaza qiliş çora-tadbirlarini kuçaytiriş, harbiylarning oilalari uçun viloyatlarda köpqavatli uy-joylar bunyod etiş va ularga imtiyozli ipoteka kreditlari ajratiş, qöşinlardagi jangovar tayyorgarlik salohiyatini oşiriş va tarbiyaviy işlar kölamini kengaytiriş va boşqa masalalar körib çiqilmoqda.