Eron hukumatining fikriça, Apple kompaniyasi özining App Store dasturlar onlayn-dökonidan eronlik dasturçilar yaratgan barça mobil dasturlarni öçirib taşlaşi qarori milliy texnologiyalar yutuqlari va rivojlanayotganidan darak beradi. Bu haqda Tasnim axborot agentligi xabar bermoqda. 

Avvalroq Apple onlayn-dökonidan AQŞning Eronga qarşi kiritgan sanksiyalari sababli Eronda yaratilgan barça dasturlarni öçirib taşlagandi. Öçirib taşlangan dasturlar orasida yeguliklar yetkazib beriş, onlayn-xarid dasturlari va köplab boşqa dasturlar bölgan. 

“AQŞ heç qaçon böş tomonlarimizga qarşi sanksiyalar joriy qilmaydi, u hamişa bizning kuçli tomonlarimizga sanksiyalar qöllaydi”, deb aytgan Eronning aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vaziri Muhammad Javod Ozori Jahromiy. 

Vazir sanksiyalar mahalliy axborot texnologiyalari kompaniyalarining yutuqlaridan darak berişini va şu sababli Eron öz texnologiyalarini rivojlantiriş uçun investitsiyalarni köpaytirişi zarurligini aytgan.

Ma'lum qilinişiça, Eron Apple’ning uşbu xatti-harakatlariga qarşi javob çoralari körişga va'da bergan.