AQŞ “Tolibon” Afğoniston hukumati bilan muzokaralar stoliga ötirmagunça, bu mamlakatda qöşinlarini saqlab qolişi haqida işora berdi. Bu haqda AQŞ davlat kotibi Reks Tillerson ma'lum qildi.  

“Tramp mudofaa vaziri Mettisga Afğonistonda qöşinlar sonini belgilaş va mustaqil qarorlar qabul qilişda qömondonlik vakolatlarini kengaytiriş kabi keng vakolatlar bergan”, deb aytgan Tillerson. Uning qöşimça qilişiça, toliblar oxirgi ikki yil içida oldinga siljiganlar, afğon hukumat kuçlari esa ularni ortga qaytarişga qodir bölmagan.

“Afğonistondagi strategiyamiz borasida katta özgarişlar böladi. Buning barçasi “Tolibon”ga biz Afğonistonda qolişimiz va hukumat hamda xavfsizlik kuçlari bilan birgalikda jangni davom ettirişimiz borasidagi işorani jönatişga qaratilgan. “Tolibon” yaraşuv jarayoni va mamlakatning samarali boşqaruvini yaratiş maqsadida afğon hukumati bilan hamkorlik qilişi kerak”, deb aytgan AQŞ davlat kotibi. Uning aytişiça, AQŞ boşqa özini Afğonistondagi qöşinlar soni va ularning bu mamlakatda  qolişlari muddati bilan çeklamasligini, biroq”muayn vaziyatdan kelib çiqib iş körişini” aytgan.