“Harvi” dovuli kuçsizlanganidan söng paydo bölgan tropik pörtana Kanadaning Atlantika okeani qirğoqlariga çorşanba yoki payşanba kuni ertalab yetib boradi. Bu haqda Kanada dovullarni kuzatiş böyiça markazdan xabar berişgan.

Tabiiy ofatning asosiy zarbasi Yangi Şotlandiya, Nyufaundlend va Labrador viloyatlariga tuşadi. "Pörtana özi bilan kuçli yomğirlarni olib keladi, ular katta tezlikdagi şamollar bilan birga kuzatiladi", - deya ogohlantirişgan iqlimşunoslar.

AQŞning Texas ştatiga şanbaga ötar keçasi yopirilgan "Harvi" dovuli Qöşma Ştatlarda sönggi 12 yildagi eng kuçlisiga aylandi. Sönggi ma'lumotlarga köra, tabiiy ofat tufayli 10 kişi halok bölgan. Keyinçalik dovul tropik pörtana darajasiga qadar kuçsizlandi.

Foto: AQŞga 12 yil içidagi eng kuçli dovul yopirildi

Avvalroq AQŞning yana bir ştatida “Harvi” tufayli favqulodda holat e'lon qilingani xabar berildi.