«Barselona» sport direktori Robert Fernandes klubning yozgi transferlar dariçasi yopilguniga qadar rejalari haqida gapirdi.
«Biz oy oxiriga qadar yana bir yangi futbolçini taqdim etişga umid qilamiz. Menimça, yana bir yoki ikki futbolçi bilan şartnoma imzolaşimiz mumkin. Men nomlarni aytmayman, ammo klub yangi futbolçilarni jalb etiş ustida işlamoqda», – degan Fernandes.
28 avgust kuni Usmon Dembele rasman kataloniyaliklar klubi futbolçisi sifatida taniştirildi.
Oxirgi xabarlarga köra, «Barselona» «Liverpul»dan Filippe Koutinoni, «PSJ»dan Anxel Di Mariyani transfer qiliş böyiça muzokaralar olib bormoqda.












