KUN.UZ sayti orqali Farğona viloyatining Qöqon şahrida gaz ta'minoti va uning ortidan kelib çiqqan mudhiş voqealar tilga olingan turkum maqolalar e'lon qilingan edi. Bularga misol qilib, joriy yilning 22 mart kuni e'lon qilingan “Qöqonda taşkilotlar mas'uliyatsizligi oqibatida ikki navqiron yigit majruh bölib qoldi”, 23 mart kuni e'lon qilingan “Qöqonda noxuş hodisa. Ona va farzandlari halok böldi”, 25 mart kuni e'lon qilingan “Qöqon fojiasi: yana bir kişi hayotdan köz yumdi”, 27 mart kuni e'lon qilingan “Qöqon nima qilsin – 22 yaşar öğli loqaydlikning qurboni böldi”, 1 aprel kuni e'lon qilingan “Qöqonda uç kişining ölimiga sabab bölgan hodisa haqida rasmiy axborot berildi” va 12 aprel kuni e'lon qilingan “Gaz ta'minotidagi xöjasizlik va boşboşdoqliklar: Nişonda yana Qöqon” maqolalarini keltiriş mumkin.

Yuqorida körsatib ötilgan maqolalarda Qöqon şahridagi gaz ta'minoti bilan boğliq muammoli vaziyatlar va buning ortidan kelib çiqqan fojialar haqida söz yuritilgan. Şu bilan birga şaharga yondoş Danğara tumanida ham ayançli voqealar kuzatilgan. Tumanning gaz ta'minoti aynan Qöqon şahridan berilişi, berilganda ham bosimning öynab turişi ana şunday halokatlarga sabab bölgan. 

Tahririyat xodimlari Farğona viloyatida işçi safarda bölar ekan, mazkur fojialardan birining qurboni, danğaralik marhum 20 yaşar Abu Bakr Şeraliyev va uning akasi 22 yaşar Bilol Şeraliyev xonadonida böldi. Marhum yigitlarning onasi Nargiza Şeraliyeva bölib ötgan voqealarni asl holiça sözlab berdi.

“Bolalarim juda aqlli yigitlar edi. Ularning ortidan heç bir kişi – na öqituvçilari, na mahalla ahli va na qarindoşu yor-birodarlari şikoyat qilmagan edi. Juda halim, muloyim yigitlar edi... Ular rosa mehnatkaş yigitlar bölib, dadasi bilan birga işlaşar, hunarmandçilik sirlarini birma-bir egallaşayotgan edi. Fojia yuz bergan kunda ular özlarini emas, bir-birlarining salomatligi, ota-onalarining taşvişida bölişdi.