Özbekiston Respublikasi Içki işlar vaziri, general-mayor Abdusalom Azizov AQŞning mamlakatdagi Favqulodda va muxtor elçisi Pamela Spratlen bilan uçraşdi.

Uçraşuv çoğida tomonlar mintaqamizda barqarorlik va xavfsizlikni ta'minlaş böyiça ikkala mamlakat huquqni muhofaza qiliş organlarining, şu jumladan, Interpol taşkiloti orqali aloqalarini mustahkamlaş, şuningdek, «yöl xaritasi»ni amalga oşiriş doirasida özaro hamkorlikni yanada rivojlantiriş masalalarini muhokama qildilar.

Pamela Spratlen favqulodda vaziyatda qanday harakat qiliş böyiça birgalikda maşqlar ötkazişni, şuningdek, har ikki davlat huquqni muhofaza qiliş tuzilmalarining narkotrafikka, odam savdosiga va terrorizmga qarşi kuraşiş borasidagi hamkorligini mustahkamlaşni taklif qildi.

– Mamlakatingizda faoliyat körsatayotgan diplomatik vakolatxonalarning işonçli qöriqlanişini ta'minlaş böyiça siz rahbarlik qilayotgan tizim xodimlarining sa'y-harakatlarini yuqori baholaymiz. 2004 yilda mamlakatimiz elçixonasiga terrorçilik hujumi sodir etilganida sizning xodimingiz körsatgan qahramonlikni heç qaçon unutmaymiz. Işonçimiz komilki, vazirlik xodimlari bundan keyin ham har qanday xavf-xatarni bartaraf etiş yölida barça imkoniyatlarni işga solişadi, – dedi Pamela Spratlen.

AQŞning Özbekistondagi elçixonasi rahbari ta'kidlaganidek, sönggi paytda Ispaniyaning Barselona şahrida sodir etilgan terrorçilik harakati, AQŞning Virjiniya ştatida yuz bergan töqnaşuvlar bunday tahdidlarga qarşi birgalikda kuraşiş lozimligini körsatmoqda. Şu munosabat bilan tomonlar axborot va tajriba almaşiş borasida özaro hamkorlik qilişga, şuningdek, xorijiy davlatlarning mamlakatimizdagi diplomatik vakolatxonalarida sodir etilişi mumkin bölgan terrorçilik hujumlarini öz vaqtida bartaraf etiş böyiça qöşma maşqlar ötkazişga tayyor ekanliklarini izhor etişdi.

– Xavfsizlik haqida gap ketganda kam ahamiyatli, ikkinçi darajali masala bölmaydi, – dedi Özbekiston Respublikasi Içki işlar vaziri, general-mayor A. Azizov. – Içki işlar organlarida tub islohotlar amalga oşirilayotgan, oldimizga Prezidentimiz tomonidan xalq manfaatlariga xizmat qiliş vazifasi qöyilgan bugungi kunda boşqa mamlakatlardagi hamkasblarimizning ilğor tajribasini örganiş, terrorizm, odam savdosi, narkotrafik kabi xavf-xatarlarga qarşi samarali kuraşiş uçun yanada yaqinroq aloqalar örnatiş biz uçun nihoyatda muhimdir.

Içki işlar organlari tizimida korrupsiyaga qarşi kuraşiş, mansab vakolatlarini suiiste'mol qiliş va boşqa qonunbuzarlik holatlarini bartaraf etiş borasida körilayotgan çora-tadbirlar, şuningdek, huquqni muhofaza qiliş organlari faoliyatining oçiqligini ta'minlaş maqsadida içki işlar organlari ommaviy axborot vositalari bilan yaqin hamkorlik qilayotgani haqidagi ma'lumotlar mehmonlarda katta qiziqiş uyğotdi.