Britaniyalik jurnalist Jonatan Margolis tangalarning qiymati neçoğlik yuksak ekanligi va zamonaviy dunyoda kimlar undan voz keçişga tayyor emasligi haqida fikr yuritgan, deb yozadi Insider.pro.

Tangalar qança turadi özi? Yöq, töğridan-töğri ma'noda söralmayapti, masalan, Britaniyaning 1 funtlik tangasi 1,3 dollar ekanligini bilamiz. Vaqt va unga sarflangan quvvat nuqtai nazaridan ularning bahosi qança?

Hozirgi onlayn savdo-sotiq, kontaktsiz tölovlar va kriptovalyutalar davrida tangalar zamonaviy hayotning eng eski va muomaladan çiqib borayotgan elementi hisoblanadi.

Ötgan haftada supermarketda ötkazilgan ğayrioddiy 15 daqiqa 1 funtlik qiymatga ega bölgan tanga (dunyodagi eng yuqori qiymatlaridan biri) borasida qayğuriş örinlimi, degan savolni örtaga taşlaşga majbur qildi.

Britaniyada dökonlarning köpçiligida aravaçalar maxsus qulflar bilan jihozlangan, ulardan foydalaniş uçun 1 funtlik tanga taşlaş kerak va arava joyiga qaytarib olib kelinsa — tangani qaytarib oliş mumkin. Qulf işlab çiqaruvçilarning işontirişiça, bu xaridorlarni aravaçalarni joyiga qaytarib keltirib qöyişga majburlaydi va ularning öğirlab ketilişining oldini oladi.

Foto:  Insider.pro

Mening 1 funtlik tangam ana şunday aravaça qulfiga tiqilib qoldi. Men tangani çiqarib oliş uçun 30 soniyaça muvaffaqiyatsiz urinib, söngra dökon xodimidan kömak söradim. Lekin hammasi natijasiz tugadi. Men özimni ahmoq bölgandek his qildim — tangani qaytariş uçun vaqt va kuç sarflaş heç qanday ma'niga ega bölmagan edi. Lekin prinsipdan (bilmadim, qaysi prinsipdan) kelib çiqib men qöllab-quvvatlaş xizmatiga murojaat qildim.

Bu oqilona qaror edimi? Men bu savolni bolalarimga berdim. Tönğiçim (35 yoşda) bir daqiqa ham kutmasligini aytdi. Kiçigi (28 yoş) esa öşa “prinsip”ga binoan, tanganing qaytarilişi uçun qança vaqt talab etilsa şunça kutişga tayyorligini bildirdi.

Mening savolim oçiq qoldi va men jurnalistlar odatda qiladigan işga qöl urdim — ikki millionerga qönğiroq qilib, mening örnimda bölişganida qay tariqa yöl tutişlariga qiziqdim.

Birinçi “qurbonim” Ted Baker kiyim-keçaklar işlab çiqaruvçi kompaniya egasi va boş direktori Rey Kelvin böldi. Uning boyligi 468 million funtga baholanadi. Mening savolimga u şunday javob berdi: