Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev «Şarq taronalari» ön birinçi xalqaro musiqa festivalining oçilişiga bağişlangan tantanali marosimda nutq sözladi. Prezidentning tabrik sözlari matni ÖzA tomonidan keltirilgan.
Assalomu alaykum, muhtaram mehmonlar!
Hurmatli festival qatnaşçilari!
Xonimlar va janoblar!
Avvalambor, siz, azizlarni qadimiy va gözal Özbekiston zaminida, azim Samarqand şahrida samimiy qutlaşga ruxsat bergaysiz.
Barçangizni “Şarq taronalari” xalqaro musiqa festivalining tantanali oçilişi bilan çin qalbimdan muborakbod etaman.
Bugungi marosimda Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş kotibining örinbosari, Jahon sayyohlik taşkiloti boş kotibi Talib Rifai, Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti Parlamentlar assambleyasi raisi Kristin Muttonen, Islom hamkorlik taşkilotining Ta'lim, fan va madaniyat masalalari böyiça tuzilmasi – AYSeSKO Boş direktori Abdulaziz Usmon al-Tuvayjri janoblari kabi yuqori martabali mehmonlarimiz iştirok etayotgani bizga alohida mamnuniyat bağişlaydi.
Şuningdek, Islom tarixi, san'ati va madaniyatini örganiş böyiça xalqaro markaz – IRSIKA boş direktori Xalit Eren, Xalqaro folklor san'ati taşkilotining Osiyo mintaqasi böyiça Boş kotibi Mun Xyun Suk, Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi Ijroiya qömitasi raisi Sergey Nikolayeviç Lebedev, Rossiya Federatsiyasi Prezidentining xalqaro madaniy hamkorlik böyiça maxsus vakili Mixail Yefimoviç Şvidkoy va boşqa qadrli mehmonlarimizni, xalqimizga hurmat körsatib, mana şunday anjumanlarimizda har safar iştirok etib kelayotgan diplomatik korpus vakillarini samimiy qutlaşdan baxtiyorman.
Fursatdan foydalanib, barça festival iştirokçilariga “Xuş kelibsiz, Samarqand şahriga, xuş kelibsiz, ona Özbekistonimizga!” deb yuksak hurmat va ehtiromimizni bildirişga ijozat bergaysiz.
Muhtaram döstlar!
Dunyoda qarama-qarşilik va ziddiyatlar kuçayib borayotgan bugungi öta murakkab zamonda millati, tili va dini turliça bölgan millionlab odamlarni heç qanday tarjimonsiz döst qiladigan, ular örtasida hamkorlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlaydigan musiqa san'atining örni va ta'siri tobora ortib bormoqda.
Şu ma'noda, “Şarq taronalari” xalqaro musiqa festivalining bu yilgi anjumani alohida mazmun va ahamiyatga ega bölib, u festival taşkil etilganiga yigirma yil tölgan tarixiy bir sanada ötkazilmoqda.












