Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shifoxonada yotgan bemorning ziraklari va pulini o‘g‘irlagan ayol qo‘lga olindi
Yangiyo‘l tumanida yashovchi, uy bekasi, 1972 yilda tug‘ilgan D.R. ariza bilan murojaat qilib, Yangiyo‘l tumani tibbiyot birlashmasida davolanib yotgan vaqtida 29 iyul kuniga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, uxlab yotganidan foydalanib, erkin yo‘l bilan kirib, u yotgan palatadan narxi 950.000 so‘mlik 1 dona juft tilla ziragi va 150.000 so‘m pullarini o‘g‘irlaganligini ma'lum qilgan. Bu haqda Toshkent viloyati IIB xabar berdi.
Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Yangiyo‘l tumanida yashovchi 1982 yilda tug‘ilgan Z.X. sodir etganligi aniqlanib, ushlandi.
Ushbu holat yuzasidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
22:36 / 08.01.2026
Yangiyo‘lda go‘shti uchun itini o‘ldirgan fuqaro ushlandi
12:05 / 07.01.2026
Humans ilovasi orqali 2 mingdan ortiq shaxsning pullari o‘g‘irlangan – manba
14:39 / 06.01.2026
Germaniya tarixidagi eng yirik bank o‘g‘riligi: birinchi muhim dalil topildi
11:55 / 03.01.2026