Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreya yetakchisi uchinchi farzandli bo‘lgani ma'lum bo‘ldi
Foto: RIA "Novosti"
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning rafiqasi joriy yil boshida uchinchi farzandini ko‘rgan. Bu haqda Janubiy Koreya razvedkasiga iqtibos keltirgan holda “Ryonxap” axborot agentligi xabar berdi.
“Taxmin qilinishicha, Li Sol Chu fevralda uchinchi farzandini dunyoga keltirgan”, deb aytilgan xabarda.
“Ryonxap”ning ta'kidlashicha, Shimoliy Koreya yetakchisining rafiqasi 2016 yilning 9 oyi mobaynida omma oldida ko‘rinish bermagan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Kim Chen In va qo‘shiqchi Li Sol Chu 2009 yilda turmush qurishgan. 2010 va 2013 yillarda ularning ilk ikki farzandi dunyoga kelgan. Shimoliy Koreyaga 2013 yilda kelgan amerikalik basketbolchi Dennis Rodmanning ma'lum qilishicha, Kim Chen Inning ikkinchi farzandi Kim Chju E ismli qizchadir. Shimoliy Koreya yetakchisining qolgan farzandlari jinslari ma'lum emas.
Mavzuga oid
20:01 / 01.03.2026
Axloqqa zid va noqonuniy. Rossiya, Shimoliy Koreya va Xitoy Xominaiyning o‘ldirilishini qoraladi
16:31 / 25.02.2026
Kim Chen In 13 yoshli qizini KXDR yadroviy kuchlari kuratori etib tayinladi
15:55 / 13.02.2026
Kim Chen In qizini voris sifatida tanlab bo‘lgan – Janubiy Koreya razvedkasi
14:43 / 30.01.2026