Dunyoning superqudratli davlatlaridan birini boşqariş, ayniqsa, prezident sifatida barça mas'uliyatni öz zimmasiga oliş har qanday siyosatçi uçun bağoyat katta vazifa hisoblanadi. Katta mas'uliyat egasi qança oylik oladi? AQŞ mahalliy qonunçiligida belgilanganidek, amaldagi prezident yiliga 400 ming AQŞ dollari miqdorida maoş olişi belgilangan. Şuningdek, maişiy sarflar uçun 50 ming AQŞ dollari, çet el safarlariga 100 ming AQŞ dollari (soliqqa tortilmaydi), turli xil uçraşuv, tadbirlarni ötkaziş uçun 19 ming AQŞ dollari ham ajratiladi. Mamlakat tarixida ayrim hollarda prezidentning 1 dollar maoş bilan faoliyat olib borişi kuzatilgan. Qonunçilikka köra, prezident tekin maoş bilan faoliyat yuritişi mumkin emas, lekin boy va tadbirkor siyosatçilar buning yölini öylab topişgan. Amaldagi prezident Donald Tramp ham davlat uçun eng minimal maoş evaziga işlaydi, belgilangan maoş summasini esa onkologik kasalligi bor bolalarga, turli xayriya aksiyalarga ötkazib beradi. Lekin Oq uyni tark etgan davlat arbobi qanday qilib serdaromad bölib qoladi?
Federal qonunlarga köra, sobiq prezident umrbod lobbizm bilan şuğullanişi mumkin emas. Maqsad sobiq davlat rahbarining turli hokimiyat institutidagi aloqalari ğarazli yölda işlatilişiga imkoniyat qoldirmaslikdan iborat. 1946, 1995 va 2007 yillarda işlab çiqarilgan şu mazmundagi qonun loyihasi ijodkorlarining fikriça, bunday harakat AQŞ milliy manfaatlariga putur yetkazadi.
Lekin qonun me'yorlarida sobiq prezidentning jamoatçilik işlari bilan şuğullanişiga oid taqiq mavjud emas. XX asrning ikkinçi yarmidan amalda barça sobiq prezidentlar bir finjon qahva ustidagi suhbatni pullab kelgan. Menejyer, buxgalter va advokatlar bunday uçraşuvlarni şaxsiy muloqot sifatida körsatib ötadi va maslahatlaşuv sifatida qayd etilmaydi. Uçraşuvda sobiq prezidentdan dastxat, suratga tuşişni söraydiganlar, qiziqarli hikoyalarni eşitişni xohlaganlar köp uçrab turadi.
Sobiq amaldor bilan suhbatning narxi turli omillarga köra özgarib turadi, jumladan, uning global siyosatga ta'siri, «merosida» hamda davrida yuz bergan muammolar, reytinglar va şaxsiy qiziqişlar şular sirasidandir. Aytib ötiş joizki, sobiq prezidentlar içida Ronald Reygan va Jorj Gerbert Uoker Buş "Sovuq uruşida”gi ğalaba tufayli ham ança maşhur. Reygan haqida köplab kitoblarning muallifi Kiron Skinnerning aytişiça, Ronni, deyarli har kuni, biznes elita vakillari bilan uçraşgan. Rasmiy ma'lumotga köra, Oq uyni tark etgan Ronaldning "Ronald va Nensi Reygan” fondiga 30 million AQŞ dollari kelib tuşgan.
"Finjon qahva lobbizmi“dan taşqari, sobiqlar universitetda ma'ruza öqiş, mediada çiqiş qiliş bilan daromad qiladi. "Ahmoqona jasorati” uçun media vakillari Nikson (Uotergeyt işi), L.Jonson (Vetnam uruşi), Bill Klinton (Monika haqida yolğonlari), kiçik Buş (Afğon va Iroq uruşi) kabilarga katta gonorar tölaydi. Britaniyalik Devid Frost 200 ming AQŞ dollari evaziga Riçard Niksondan intervyu olişga muvaffaq böladi. Ana şunda Riçard amerika xalqi oldida keçirim söraydi. Klintonlar oilasi turli tadbirlarda, universitet va konferensiyalarda nutq bilan çiqiş qilib, 153 million AQŞ dollari işlab topgan.











