2017 yil 24 avgust kuni AQŞning  Özbekistondagi elçisi Pamela Spratlen qarorgohida elçixonaning yangi xodimlarini taniştiriş marosimi bölib ötdi. Endilikda Jon Braun jamoatçilik bilan aloqalar böyiça maslahatçi lavozimida, Kirsten Mişiner esa madaniy işlar böyiça vakil sifatida faoliyat olib boradi.

Keçaga AQŞdan maxsus mehmon - "The Gina Chavez Band” guruhi taşrif buyurdi va ular öz qöşiqlari bilan mehmonlarga kötarinki kayfiyat ulaşişdi. Şuningdek, amerikalik guruh tomonidan "Çoyxona" hamda "Samarqand gözali" taronalari kuylangani keçaga özgaça zavq bağişladi. 

Foto: KUN.UZ

"The Gina Chavez Band” guruhi ayni damda Samarqand şahrida ötkazilayotgan "Şarq taronalari" xalqaro musiqa festivalida ham iştirok etmoqda. 

Ma'lumot örnida: Toşkentdagi AQŞ elçixonasi 2017 yil “Şarq taronalari” xalqaro musiqa festivaliga rasmiy iştirokçi sifatida Amerikaning “The Gina Chavez Band” guruhini taklif etgan. 

Jina Chavez Lotin Amerika va Amerika xalq qöşiqlarini ingliz va ispan tillarida ijro etuvçi xonanda va qöşiqçi-şoirdir. U xilma-xil musiqiy uslub, jumladan kumbia, pop, reggiton janrlari va boşqa xalq qöşiqlarini ikki tilda birday kuylaydi.

Foto: KUN.UZ

Jina Chavez guruhi 2015 yili Texasdagi “Austin Music Awards” tanlovida “yilning eng yaxşi musiqaçisi”, “Up.Rooted” uçun “yilning eng yaxşi musiqiy albomi”, “Siete-D” uçun “yilning eng yaxşi qöşiği”, “eng yaxşi lotin amerikaça guruh” kabi  nominatsiyalarda ğolib, musiqiy faoliyat va ta'lim sohasidagi Esme Barrera nomidagi mukofot sohibi, oltita kategoriya böyiça tanlov sovrindori bölgan.