Ötgan yilning şu paytida APL da “Mançester Siti”ni yutadigan jamoa yöq, Antonio Konte esa, iste'fo ostonasida turgandi. Keyinçalik, hammasi qay darajada özgarganini yaxşi bilamiz. Lekin baribir esimiz kirmaydi va e'tiboringizga avgust oyidagi APL öyinlaridan keyin paydo bölgan dastlabki xulosalarni taqdim etamiz Yakunda notöğri bölib çiqsa ham.

1) “LIVeRPUL”NING HUJUMKORLIGI KOUTINOGA BOĞLIQ EMAS

“Liverpul” bor kuçi bilan tarkibida öynaşni istamayotgan Koutinoni olib qolişga harakat qilayotganini dastlabki turlar u qadar oqlagani yöq. Klopp şogirdlari Koutinosiz ham hujum çiziğida yuksak potensial sohiblari ekanliklarini isbotlamoqdalar. Jamoa uç öyinda 8 gol kiritib ulgurdi va bu ligada faqat “MYu”dan past körsatkiç xolos. “Liverpul” raqiblari kuçliroq ekanini ham e'tiborga oliş lozim.

Jamoa safiga yangi kelib qöşilgan Muhammad Saloh hozirça işonçni oqlamoqda – uning hisobida allaqaçon 2 gol va 1 golli uzatma mavjud. Mavsumning ikkinçi yarmida safga qaytadigan Lallanani qöşmak, marsisaydliklar yanayam kuçli köriniş hosil qilişlari mumkin.

Boşqa tarafdan, “Liverpul”ning himoyaviy öyin körsatadigan raqiblarga qarşi qanday öynay olişini körişimiz kerak. Masalan, “Kristal Palas”ga keçgan öyinda Klopp şogirdlari raqib darvozasini işğol qilişga qiynalişdi. Bunday öyinlarda uzoq masofadan berilgan zarbalar yoki noodatiy paslari bilan raqib himoyasini yenga oladigan Koutinoning yöqligi bilinişi ehtimol. 

Opisaniye: Livvr.jpg
Foto: SoccerliveHD

 

2) “MANÇeSTeR YuNAYTeD” ÖTGAN YILGIDAN KÖRA KUÇLIROQ

Ibrahimoviç örniga Lukakuning kelişi “MYu”ni bu qadar kuçaytirib yubormagani tabiiy. Balki bu, Joze Mourino aytganidek, murabbiy va futbolçilar örtasidagi özaro tuşuniş yaxşilanganiga boğliqdir. Pogba va Mxitaryan özlarinning ikkinçi mavsumini ötkazayotganliklari sababdir...

Nima bölgandayam, “MYu” ayniqsa gol uriş borasida ötgan yilgidan yaqqol ustun ekanini payqaş mumkin. Ötgan mavsumda “MYu” aynan gol urişda qiynalgani tufayli, aksariyat öyinlar 1:1 hisobida yakunlangan edi. Jamoa “Old Trafford”dagi 19 öyindan 12 tasida bittadan ortiq gol ura olmagan. Avgust oyida esa, 3 öyinda 10 gol kiritildi. 10 gol 7 futbolçi tomonidan kiritilganini, gollarning 7 tasi öyinning sönggi çoragiga töğri kelişini e'tiborga olsak, jamoa rang-barang, tezkor hujum qilmoqda va bir gol bilan kifoyalanişni istamayapti. 

Foto: Mirror

 

3) MORATA ANGLIYaDA ÖYNAY OLADI

Alvaro Morata va Romelu Lukakuning qaysi biri foydaliroq ekani haqidagi dilemma qarşisida qolgan klublarni asosan ispaniyalik futbolçining APL da qay darajada moslaşib keta olişi öylantirgan bölişi tabiiy.

Sobiq “Real” futbolçisi bu şubhalarni yöqotiş uçun töliqmas uç öyin sarfladi xolos. “Stemford Brij”dagi debyut öyinida u qisqa vaqtda bir gol va goli uzatma amalga oşirdi, “Everton”ga qarşi keyingi uy uçraşuvi ham xuddi şunday sermahsullik takrorlandi. Şu tariqa Alvaro “Stemford”dagi ilk ikki uy öyinida 2+2 natijani qayd etgan ilk futbolçi sifatida tarixga kirdi. 

 

4) “BYoRNLI” SAFARDA ÖYNAŞNI ÖRGANIB OLDI

Ötgan mavsumda “Byornli” asosan bir jihat bilan köproq tilga olindi – jamoa safarda öynay olmadi. Ötkazilgan 19 öyinning 15 tasida jamoa mağlubiyatga uçradi. Faqat mavsum sönggida, APL da qoliş uçun ayovsiz kuraş keçayotgan pallada “Kristal Palas” ustidan ğalaba qozonildi xolos.

Bu safar hammasi teskari köriniş oladi şekilli. “Byornli” safarda ötgan mavsumning eng kuçli ikki jamoasi – “Çelsi” va “Tottenhem”ga qarşi maydonga tuşgan bölişiga qaramasdan, 4 oçko olişning uddasidan çiqdi. Bu Şon Dayç şogirdlariga qöşimça işonç berib, jamoa top klublar uçun boş oğriği bölib qolsa, ne ajab.

Bu öyinlarda ayniqsa, jamoa posboni Tom Hitonni alohida ta'kidlaş kerak. 31 yoşli darvozabon yuqorida tilga olingan öyinlarda haqiqiy qahramonga aylandi. Terma jamoaning birinçi raqamli posboni Jo Hart 3 turda 10 gol ötkazib yuborişga ulgurdi, balki Sautgeyt uni birinçi raqamli darvozabon sifatida sinab körar.

Foto: Lancashire Telegraph

 

5) “TOTTeNHEM”GA SAFAR ENDI QÖRQINÇLI EMAS

“Tottenhem”ning ötgan mavsumdagi ajoyib natijasiga asos bölgan omillardan biri Poçettino şogirdlarining “Uayt Hart Leyn”dagi ajoyib öyinlari edi. Jamoa uşbu stadionda mavsum davomida atigi ikki marta durang qayd etdi xolos, qolgan öyinlarda ğalaba qozondi. Top-6 jamoalar içida faqat “Mançester Yunayted” keraksiz bir gol urganini aytmasa, na “Çelsi” na “Liverpul”, na “Mançester Siti” va na “Arsenal” bu stadionda gol ura oldilar.

“Uayt Hart Leyn” buzilib ketdi, “Tottenhem” uy uçraşuvlarini “Uembli”da ötkazmoqda. Stadion jamoa uçun begona emas, ötgan yili londonliklar yevrokubok öyinlarini aynan öşa yerda ötkazgan edilar. Ammo “Tottenhem” “Uembli”dagi 4 öyindan atigi bittasida ğalaba qozona olgandi xolos.

Uşbu an'ana endi APL da ham davom etmoqda. “Çelsi” va “Byornli”ga qarşi öyinlarda “Tottenhem” atigi 1 oçko oldi va ötgan yili butun mavsum davomida yöqotgan oçkolardan köproğini yöqotib ulgurdi.

Mutaxassislar buni “Uembli”ning ölçami biroz kattaligini va bu “Tottenhem”ning uslubiga mos emasligini, raqibga bosim uyuştirişni muvaffaqiyatli amalga oşiriş imkoni pasayganini aytayotgan bölişsa-da, Poçettino bu fikrlarni rad etmoqda. Nima bölgandayam, “Tottenhem”ning asosiy fişkalaridan biri bölgan “Uayt Hart Leyn dahşati” endi yöq.    

Foto: Twitter/Spurs_MAS

Q.Aslanov