Forbes jurnali Rossiyaning eng badavlat ayollari reytingini taqdim etdi. Jurnalning top-röyxatiga kirgan 25 nafar rossiyalik ayolning umumiy moliyaviy ahvoli deyarli 7,3 milliard dollarga yetadi, bu 2016 yilning xuddi şu körsatkiçidan 25 foizga köp demakdir. 

Eng badavlat rossiyalik ayollar röyxatida Moskva şahrining sobiq meri Yuriy Lujkovning turmuş örtoği, Inteco Management prezidenti Yelena Baturina yetakçilik qilmoqda. 

Ta'kidlaş joizki, uning moliyaviy holati ötgan yilgiga nisbatan 100 million dollarga kamayib, 1 milliard dollarni taşkil qildi. Naşrga köra, Baturina mamlakatning eng badavlat kişilari röyxatida 90-örinni egallaydi, şu bilan birga u dunyoning eng badavlat xonimlari röyxatidan joy olgan yagona rossiyalik ayol hisoblanadi. Bu röyxatda Baturina 1940-örinda qayd etilgan.

Yelena Baturina Irlandiya, Avstriya, Çexiya va Rossiyadagi tört mehmonxonani boşqaradi, şuningdek Yevropa va AQŞdagi turli investitsion fondlarda iştirok etadi. Bundan taşqari, ayol Italiya va Gretsiyada qayta tiklanuvçi energiya sotuvlari böyiça loyihasini rivojlantirişda davom etmoqda. 

Rossiyaning eng badavlat ayollaridan iborat Top-10 röyxatiga şuningdek 450 million dollar mablağga egalik qiluvçi «Progress Kapital» kompaniyasining direktorlar kengaşi a'zosi Olga Belyavtseva, Wildberries internet-dökonining boş direktori Tatyana Bakalçuk (420 million dollar),  Andrey Gurev xayriya fondining boşqaruv kengaşi a'zosi Yevgeniya Gureva (400 million dollar), NOVATEK boşqaruv raisi örinbosari Tatyana Kuznetsova (400 million dollar), «Sodrujyestvo» guruhi hammuassisi Natalya Lutsenko (400 million dollar) va Irkutsk neft kompaniyasi boş direktori Marina Sedix (350 million dollar) kiritilgan. Rossiyaning eng badavlat xonimlari önligining sönggi satrida işbilarmon Roman Abramoviçning sobiq turmuş örtoği Irina Abramoviç nomi qayd etilgan, uning boyligi 300 million dollarga baholandi.