Özbekiston Respublikasi Mustaqilligining 26 yilligi «Fidoying bölgaymiz seni, Özbekiston!» şiori ostida Olmaliq şahrida ham katta tantana bilan nişonlanmoqda.
Şahar hokimi Mira'zam Mirqosimov Olmaliq ahlini mustaqillik ayyomi bilan muborakbod etib, öz samimiy tilaklarini bildirib ötdi. Şahar hokimi şahar aholisi nomidan mamlakat mustaqilligining 26 yilligi munosabati bilan Prezident farmoniga köra, mukofotlangan «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining mis eritiş zavodi ta'mirlaş-mexanika sexi boşliği Saparali Qöçqorov, «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ MTMZ quyiş sexi pölat erituvçisi Tölqin Abduxalikov, Özbekiston yoşlar ittifoqi Olmaliq şahar Kengaşi raisi Ergaş Abdurayimov hamda 23-umumiy örta ta'lim maktabi direktorining öquv-tarbiyaviy işlar böyiça örinbosari Umid Murodovlarni samimiy muborakbod etdi.

«Metallurg» madaniy markazi hovlisida taşkil etilgan bayram tadbirida el suygan san'atkorlar Anvar Ğaniyev, Guli Asalxöjayeva hamda «Turon» guruhi a'zolari tomonidan ijro etilgan diltortar taronalar barçaga bayramona kayfiyat ulaşdi. «Olmaliq KMK» AJ korxona-taşkilotlari tomonidan tayyorlangan körgazmalar va har bir korxona haqida ma'lumot beruvçi maketlar namoyişi, milliy sport musobaqalari taşkil etildi.














