Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev AQŞ prezidenti Donald Trampga maktub yölladi. 

Mazkur maktubda “talofatli "Harvi" dovuli oqibatida Texas ştatida köplab insonlarning halok bölişi va jarohatlanişi haqidagi xabar bizni qattiq qayğuga soldi” deyilgan.

Davlat rahbari nobud bölganlarning oila a'zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik va dalda sözlarini yetkazişni söradi, şuningdek, jarohat olganlarga tez fursatlarda soğayişni tiladi.

Avvalroq AQŞdagi "Harvi" töfoni qurbonlari soni 30 kişiga yetgani xabar berilgandi.