Oşqozon osti bezi saratoni - onkologik kasalliklarning eng xavfli va halokatli turlaridan biri. AQŞ Milliy onkologiya instituti baholariga köra, 2017 yilda Amerikada 53 ming yangi oşqozon osti bezi saratoni holati va uning natijasida 43 mingdan ortiq ölim holati qayd etildi.
Statistikaga köra, saratonning bu turiga yöliqib, örtaça 5 yilça yaşaydiganlar soni atigi 9 foizni taşkil qilar ekan.
Asosiy muammo şundaki, oşqozon osti bezi saratoni odatda haddan taşqari keç aniqlanadi, uning qorindagi oğriqlar va vazn yöqotiş kabi belgilari esa faqat sönggi bosqiçda ayon böladi.
Şu bois butun dunyo labaratoriyalari saratonning ilk bosqiçlarida taşxis qöyiş borasidagi yangi usullarni joriy qiliş ustida işlamoqda. Bu kelgusida kasallikni ertaroq aniqlaş va uning oldini olişga yordam beradi.
Vaşington universiteti olimlari odamlardagi oşqozon osti bezi saratoni va boşqa kasalliklar skriningini mustaqil ötkaziş imkonini beruvçi mobil ilovani işlab çiqişdi, buning uçun birgina oddiy selfi qiliş talab qilinadi.
BiliScreen ilovasi skler yoki köz oqsilida bilirubin darajasining me'yordan yuqoriligini aniqlaş uçun smartfon kamerasi, videoaxborotni qayta işlovçi maxsus algoritmlar va maşina ta'limi jihozlarini qöllaydi.
Yangi ilovani yaratişga bağişlangan ilmiy maqola 13 sentabrda kompyuterda hisoblaşga doir Ubicomp 2017 anjumanida taqdim etiladi.
Olimlar 70 kişi iştirokidagi klinik tadqiqot sinovlarini ötkazişdi. Tadqiqotlarda köz nurini nazorat qilişga yordam bergan 3D-printerda çop etilgan maxsus qutidan foydalanildi. Tahlil ilovaning biluribin darajasini yetarliça aniq qayd etişini körsatgan, xavfli kasalliklar esa 89,7 foiz holatda aniq natija bergan. Hozirgi vaqtda bu maqsadlar uçun qon tahlillaridan foydalaniladi.
BiliScreen bundan avval yangi tuğilgan çaqaloqlarda sariq kasalni aniqlovçi BiliCam ilovasini yaratgan Ubiquitous Computing labaratoriya işlanmasi asosiga qurilgan.












