Britaniyaning Aston Martin Limited kompaniyasi 2019 yilgaça elektromobil yaratiş istagi haqida ma'lum qildi. Bundan taşqari, kompaniya boş direktori Endi Palmer matbuot bilan suhbatda 2025 yilgaça kompaniya sekin-asta elektr dvigatelga ötmoqçiligini ma'lum qilgan.
Yaqin yillarda içki yonuv dvigatelidan töliq voz keçişning imkoni bölmaydi, biroq 5-7 yildan keyin Aston Martin markasi ostida işlab çiqariluvçi barça maşinalar gibrid böladi. Bu ularga nafaqat gaz va benzinda, balki elektr dvigatelda yurişga imkon beradi.
Kompaniyaning töliq elektr avtomobili RapidE modeli böladi. Bu modelni 2019 yilda çeklangan miqdorda işlab çiqariş möljallangan. Hammasi bölib 100 taça maşina işlab çiqarilgani sabab, xoynahoy u xususiy kolleksiyalarga buyurtma asosida xarid qilişdan ortmaydi. Biroq buning uçun ançagina haq tölaşga töğri keladi.
Aston Martin dvigatel va elektron qismlarni Daimler AĞdan sotib oladi, biroq inglizlar yaratadigan elektromobillar kompaniyaning özi işlab çiqaradigan elektr dvigatellarda harakatlanişi közda tutilgan.












