Tasodif yoki öylanmay qilingan harakatmi, natija nima bölganda ham, prezident Tramp ma'muriyati Harvi talafotidan ikki hafta oldin sobiq prezident Barak Obama davrida qabul qilingan, suv toşqini xavfi mavjud hududlarda tuman infratuzilma va bino qurilişiga oid qonun hujjatni bekor qilgandi.

Obama tomonidan imzolangan hujjat AQŞda Suv toşqinlardan suğurtalaş böyiça Milliy dasturda (NFIP) körsatilgan standartlarni tartibga solişda muhim edi, deb yozadi Time naşri. 1968 yil qabul qilingan Milliy dastur böyiça suv toşqini yuz berganda harakatlaniş va unga qarşi tura oliş quvvati bir me'yorga keltirilgan va vaqt ötişi bilan bu standartlar takomillaştirildi. Agar dastur qabul qilinmaganda yoki vaqt ötgan sari rivojlantirilmaganda, AQŞning köp hududlari bugungi Hyuston kabi köriniş kasb etişi tayin edi.

2015 yanvar oyida Obama tomonidan imzolangan 13690 sonli qaror bilan sohilböyi şaharlarda yangi Suv toşqini xavfini aniqlaş va boşqariş federal standarti qabul qilingan.

Amaldagi prezident ma'muriyatining "har qanday byudjyetdan ajratiladigan mablağlar yangi iş örnini yaratişga işlatilişi kerak", degan ğoya bilan iş tutiş, alal-oqibat ayançli natijaga olib kelişi birgina Harvi ofati bilan isbotlandi.