Yoshlar press klubi kelgusida jonli efirga çiqadi. Bu haqida "Yoshlar" teleradiokanali rahbari Madamin Safarov Yoshlar press klubi taqdimotida ma'lum qildi. Tadbirda iştirok etgan KUN.UZ muxbiri şu haqida xabar berdi. 

Özbekiston yoshlar ittifoqining Yoshlar press klubi taqdimoti jonli efirga uzatilmagan bölsa-da, uning kelgusi körsatuvlari jonli efirga çiqişi ma'lum qilindi. 

Foto: KUN.UZ

"Demokratiya böğilyapti, jonli efir bölmas ekan" degan gaplar asossiz! Biz yangi davrdamiz. OAV erkinligi - oçiq, demokratik jamiyatning şartlaridan biri", - dedi "Yoshlar" teleradiokanali rahbari. 

Tadbirda Press klubning taqdimot soni texnik imkoniyatlar sinovdan ötkazilayotgani sabab jonli efirga çiqmagani, kelgusi safar jonli muloqot örnatilişi ta'kidlandi. 

Ta'kidlanişiça, Yoshlar press klubi har qanday mavzuni muhokama qilişga tayyor. Buning uçun Özbekistonning bilimli, taşabbuskor yoşlari öz takliflarini bildirişsa bas.