OurMine xakerlar guruhi dunyo mamlakatlariga doir maxfiy ma'lumotlarni e'lon qiluvçi WikiLeaks taşkiloti saytini buzişdi, deb yozmoqda Verge.

Ta'kidlanişiça, saytning boş sahifasida xakerlarning xabari paydo bölgan. 

«Salom, bu OurMine (xavfsizlik xizmati), taşvişlanmang, biz şunçaki, texnik nazoratni ötkazayapmiz. Oh, töxtang, bu tekşiruv emas! WikiLeaks, yodingizdami, siz bizga buzişni taklif qilgan edingiz?» — deb yozgan xakerlar.

Xabar tayyorlanayotgan vaqtda saytga kirib bölmayotgan edi. 

WikiLeaks sayti esa, Twitter sahifasida serverlar buzib kirilmagani haqida xabar qoldirdi.