Xitoyning aerokosmik va sanoat korporatsiyasi (CASIC) tovuş tezligidan tezroq harakatlanuvçi HyperFlight transport tizimini yaratiş rejalarini e'lon qildi. Bu tizim orqali harakatlaniş tezligi dastlabki bosqiçda soatiga ming kilometrni taşkil qiladi. Davlat kompaniyasi bu rejasi haqida Xitoyda ötayotgan Uçinçi tijoriy aerokosmik forumda ma'lum qildi.
China Daily naşri HyperFlight’ni AQŞning SpaceX kompaniyasi asosçisi Ilon Maskning Hyperloop vakuum poyezdi loyihasiga qiyoslagan.
Xitoy loyihasi Xubey viloyatidagi Uxani şahrida amalga oşiriladi. Bu şahar Xitoyning eng gavjum şaharlaridan biri hisoblanadi.
Loyiha magnit levitatsiyasi texnologiyasiga ham asoslangan. Bunda poyezd elektr magnit maydon hisobiga harakatlanadi va yöl qoplamasiga tegmaydi. Şu tariqa işqalaniş yuz bermaydi, poyezdni tormozlovçi kuç aerodinamik qarşilik böladi. Poyezd past vakuum şaroitida ham harakatlana oladi.
CASIC’da ma'lum qilinişiça, HyperFlight’da poyezd tezligi an'anaviy poyezdlarnikidan 10 marta, yölovçi samolyotlarnikidan 5 marta yuqoriroq böladi. Tizimni 3 bosqiçda quriş rejalaştirilgan. 1-bosqiçda hududiy tarmoq quriladi, uning tezligi ming km/soat bilan çeklanadi. Söngra kompaniya Xitoy böylab tarmoq qurişni rejalaştirmoqda. Bu tarmoq yirik şaharlarni birlaştiradi va unda harakat tezligi 2 ming km/soatgaça çeklanadi. 3-bosqiçda esa xalqaro transport tarmoğini yaratiş közda tutilgan, bunda harakat tezligi 4 ming km/soatni taşkil qiladi. Bu bosqiç Xitoy bilan “Bir kamar, bir yöl” loyihasini amalga oşirişda hamkorlik qiluvçi davlatlar hududlarda amalga oşiriladi.
Uşbu loyihaga qança mablağ sarflanişi va unga kim investorlik qilişi ma'lum qilinmagan.
Mask vakuum poyezd ğoyasini 2012 yilda bildirgan.












