«Lester» futbolçisi Riyoz Mahrez Barselona aeroportiga kelib qöndi. Bu ma'lumot Fransiyadagi SFR Sport 1 telekanali tomonidan xabar qilindi.

Bundan avvalroq Jazoir futbol federatsiyasi uşbu xavbekka Yevropaga qaytiş va özining yangi jamoasiga ötişi böyiça jarayonni yakunlaş uçun ruxsat bergani ma'lum bölgandi.

OAV ma'lumotiga köra, Mahrez «Barselona»ga ötişga rozilik bildirgan. Uşbu transfer qiymati 50 mln yevroga baholangan.

«Lester» safida Mahrez 2014 yildan buyon töp surib kelmoqda. Ingliz klubi safida u 141 öyinda maydonga tuşgan va 35 gol urib, 27 golga uzatma bergan.