Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev oktabr oyida Turkiyaga taşrif buyuradi. Bu haqda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyip Erdöğanning Özbekiston mustaqilligining 26 yilligi munosabati bilan Mirziyoyev nomiga yuborgan qutlovida aytiladi.

Erdöğanning qayd etişiça, “diplomatik munosabatlarimiz örnatilganining 25 yilligiga töğri kelgan 2017 yilda hamkorligimiz sezilarli darajada faollaşdi”.

“Ötgan yil noyabr oyida Samarqanddagi uçraşuvimiz bu jihatdan buriliş nuqtasi bölib xizmat qildi va muntazamlik kasb etgan oliy darajadagi muloqotlar orqali munosabatlarimiz barça sohalarda jadal rivojlanmoqda. Işonamanki, şu yil oktabr oyida Sizning Turkiyaga amalga oşiradigan taşrifingiz bugungi kundagi munosabatlarimizni yangi bosqiçga kötarişda muhim ahamiyat kasb etadi”, - deb yozadi Turkiya prezidenti.