Olmaliq şahridagi “Oltin olma” xiyobonida Özbekiston yoşlar ittifoqi Olmaliq şahar Kengaşi taşabbusi bilan Olmaliq şahar hokimligi, xotin-qizlar qömitasi va Madaniyat bölimi bilan hamkorlikda “Olmaliq şahar yoşlari töylarni ixçamlaştiriş tarafdori!” şiori ostida muloqot taşkil qilindi.

Muloqotda Özbekiston yoşlar itttifoqi Toşkent viloyati Kengaşi, Olmaliq şahar Kengaşi raislari, Olmaliq şahar hokimi örinbosari, hotin-qizlar qömitasi raisi, içki işlar bölimi, prokuratura, şahar boş imom-xatibi, “Nuroniy” jamğarmasi, “Mahalla” hayriya jamoat fondi, FHDYo bölimi, şahardagi töyxonalar rahbarlari, san'atkorlar, turmuş quriş arafasida turgan yoşlar, yoş oilalar, qaynona va qaynotalar hamda keng jamoatçilik vakillari iştirok etişdi.

Uçraşuv davomida sözga çiqqanlar töylardagi ortiqça xarajatlar, isrofgarçiliklar, ortiqça odatlarni bajariş ilinjida kelib çiqayotgan janjallar, töylarni ötkazişda milliy urf-odatlarimiz örniga mantiqsiz, Yevropa odatlari asosidagi an'analarga asosiy urğu berib yuboriş kabi illatlarning oldini oliş borasida fikr yuritişdi.

Mazkur tadbirda şahar yoşlari töylarni ixçamlaştiriş tarafdori ekanligini baralla aytdilar va bu borada tarğibotni kuçaytirişga söz berdilar.