30 avgust kuni Registon maydonidagi amfiteatrda festival iştirokçilari va mehmonlar, yurtimiz madaniyat va san'at namoyandalari, jamoatçilik vakillari iştirokida xalqaro musiqa anjumanining tantanali yopiliş marosimi bölib ötdi, deb yozadi «Sharq taronalari» XI xalqaro musiqa festivali matbuot markazi.
Dastlab, faol jamoalar qator nominatsiyalar böyiça taqdirlandi. YuNeSKO, Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivali direksiyasi, Samarqand viloyati va şahar hokimliklari hamda boşqa taşkilotlarning maxsus mukofotlari topşirildi.
Eron, Indoneziya va Turkiyadan kelgan jamoalarga uçinçi darajali diplomlar topşirildi.
Ikkinçi öringa Qirğiziston va Litvadan kelgan san'atkorlar sazovor böldi.
Janubiy Koreyaning Keosong xalq qöşiqlarini saqlaş fondi jamoasi hamda mamlakatimiz vakili Mohiçehra Şomurodova birinçi öringa munosib körildi.

«Sharq taronalari» XI xalqaro musiqa festivalining boş sovrini — Gran-pri Ozarboyjon vakili Sohib Poşazodaga topşirildi.

— Dunyo e'tirofidagi uşbu festivalda iştirok etişning özi biz uçun katta şaraf bölganini ta'kidlamoqçiman, — deydi Gran-pri sohibi, Ozarboyjonda xizmat körsatgan artist Sohib Poşazoda — «Sharq taronalari» boş sovrinini qölga kiritişim esa tarixiy voqea böldi. Hozir qalbimda keçayotgan hayajon, faxr-iftixorni söz bilan ifodalaş qiyin. Fursatdan foydalanib, uşbu festivalni taşkil etgan Özbekiston rahbariyatiga, bizga juda katta hurmat körsatgan san'atsevar özbek xalqiga minnatdorlik izhor etaman.
Marosim söngida yurtimiz san'at ustalari va yoş ijroçilar tomonidan konsert dasturi hamda «Özbekiston madaniy merosi — umumbaşariy boylik» deb nomlangan 3D proyeksiya-musiqali yoritiş tomoşasi namoyiş etildi.











