31 avgust kuni Toşkent şahridagi Oqsaroy qarorgohida Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Karimov haykali oçiliş marosimi ötkazildi.
Oçiliş marosimida Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev, Birinçi Prezidentning turmuş örtoği Tatyana Karimova, boş vazir Abdulla Aripov va uning örinbosarlari, vazirlik va idoralarning rahbarlari va xodimlari, parlament va jamoatçilik vakillari qatnaşdi.
ÖzA xabariga köra, majmuaga taşrif buyurgan Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev nutq sözladi.
«Islom Karimov millatning haqiqiy yetakçisi sifatida ona xalqini, gözal va betakror Özbekistonni jonidan ham ortiq sevar, uning manfaatlarini himoya qiliş va röyobga çiqarişni öz hayotining boş maqsadi, deb bilar edilar, dedi davlatimiz rahbari. U kişi özining «Elim deb, yurtim deb, yonib yaşaş kerak», degan ğoyasiga bir umr amal qilib, kelajak avlodlar uçun buyuk ibrat maktabini yaratdilar.
Bugundan boşlab uşbu majmua butun xalqimiz uçun qutluğ va tabarruk qadamjo bölib qoladi, albatta», deya prezident sözlarini keltirgan ÖzA.
Musiqa sadolari ostida Şavkat Mirziyoyev va Birinçi Prezident rafiqasi Tatyana Karimova Islom Karimov haykalini oçdi. Haykal poyiga gul qöyilib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirilgan.
Marosimda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi M.Ahmedov, Özbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Ş.Karimov, Özbekiston xalq artisti G.Melnikova, Toşkent şahridagi “Çilonzor” mahalla fuqarolar yiğini raisi O.Mutalov, FIFA referisi, “El-yurt hurmati” va “Buyuk xizmatlari uçun” ordenlari sohibi R.Ermatov, Birinçi Prezidentimizning rafiqasi Tatyana Karimova Islom Abduğaniyeviç Karimov öz xalqini çeksiz muhabbat bilan sevgani, özining sönggi kunlariga qadar butun hayotini Özbekistonga xizmat qilişga bağişlagani, uning sönmas xotirasi minnatdor yurtdoşlarimizning, butun xalqimizning qalbida abadiy saqlanib qolişini ta'kidladi.











