Bugun Yevropada navbatdagi transfer dariçasi yopiladi. Uşbu mavzudagi yangiliklarni ta'qib qilişda paydo böladigan savollarni inobatga olib, transferlarning amalga oşiş mexanizmlari haqida ma'lumot berib ötamiz.

Transferlar muzokaralari qanday işlaydi?

Har qanday transfer muzokarasi bir paytning özida uçta muhim yönalişda olib boriladi.

1) Sotuvçi va sotib oluvçi klublar örtasida transfer narxini kelişiş.

2) Sotib oluvçi klub va futbolçining agenti örtasida futbolçining şaxsiy şartnomasi böyiça.

3) Sotib oluvçi klub va futbolçining agenti örtasida, agentga tölanadigan tölovning hajmi böyiça.

Sotayotgan klub avvalo, xaridor klub va futbolçi örtasida muzokaralarni boşlaş uçun ruxsat berişi kerak böladi, ammo amaliyotda turli "örtakaşlar" ham mavjud bölib, ular rasmiy sörovdan oldin futbolçining fikri bilan qiziqadilar va xaridor klubga yetkazadilar. Bunday holatlarda köpinça, noqonuniy ravişda futbolçi bilan aloqaga çiqiş deb tuşuniladi va iş ayblovlargaça borişi mumkin. Masalan, yaqinda, "Sauthempton" "Liverpul"ni Virjiyl van Deyk bilan mana şunday muzokaralarda aybladi va marsisaydliklar rasman uzr söraşdi.

Transfer böyiça muzokaralar asosan WhatsApp tarmoği orqali amalga oşiriladi.

Agentlar va klub rahbarlari asosan mana şu tarmoqdan foydalanişni afzal biladilar. Haqiqatan ham, bu elektron poçtasidan köra osonroq, hammaning telefoni doim özi bilan, guruh çatlarini amalga oşirişga qulay, jönatilgan xabarning oçib öqilgani haqida öz vaqtida biliş mumkin, dunyoning istalgan nuqtasidan yoziş va gaplaşiş imkoni mavjud.

<img alt="" height="340" src="http://tribuna.uz/m/content/2017/08/31/1.jpg" width="630" /> Foto: The Independent

Bundan taşqari, klub xodimi yoki rahbari boşqa mamlakatga ketişi, boşqa klubda iş boşlaşi, elektron adres yoki telefon nomerlarini özgartirişi mumkin, ammo WhatsApp manzili özgarmay qoladi. Bu esa, aloqani qayta örnatiş, kerakli odamning kontakt ma'lumotlarini izlab topişni osonlaştiradi. Xullas, futbol olamida bu ijtimoiy tarmoq juda keng qöllaniladi.

Ba'zi kelişuvlar nega transfer oynasi oçilmasidan oldin ham e'lon qilinadi?

Masalan, "Mançester Siti" Bernardo Silvaning transferini 26 may kuni e'lon qildi. Klub aslida 1 iyulgaça yangi transferni röyxatga olişi mumkin emas, ammo bu klubga futbolçi bilan kelişiş, şartnoma imzolaşga halaqit bermaydi. Aksariyat klublarda moliyaviy yil 1 iyuldan kelasi yilning 30 iyunigaça davom etadi, ya'ni kelasi transfer oynasi oçilgunça - bu transferlarning hisob-kitobi, yilning moliyaviy baholanişi uçun qulay.