Goldman Sachs’ning fikriça, Xitoyda sun'iy idrok va maşinali öqitiş asosida iqtisodiy modelni yaratiş uçun resurslar yetarli. Bu haqda CNBC bankning «Xitoyning sun'iy idrok sohasidagi ösişi» hisobotiga asosan xabar bermoqda.
Goldman Sachs’dan başorat qilişlariça, sun'iy idrok Xitoy uçun ustuvor yönalişga aylanadi va mamlakat hukumati bu sohani ham mintaqaviy, ham milliy darajada qöllab-quvvatlaş böyiça siyosat olib boradi.
Şuningdek, sun'iy idrok texnologiyalarini işlab çiqişni moliyalaştiriş ham oşiriladi.
Aniqlik kiritilişiça, davlat bu sohani rivojlantiriş uçun mutaxassislar, ma'lumot, infratuzilma va hisoblaş quvvatlariga ega bölişi lozim.
Bankdan ta'kidlaşlariça, Xitoy uçta şartni bajarib böldi: unda kadrlar, ma'lumotlar va infratuzilma bor. Xitoy kompaniyalari AQŞning AT-gigantlariga taqlid qilmoqda va tadqiqot markazlarini oçişmoqda, kompaniyalar Amerika tuzilmalaridagi kabi maoşlarni ham taklif etişmoqda. Xitoyning yirik AT-kompaniyalari özlarining onlayn-ekotizimlarini yaratişdi, ular mamlakat aholisining har kunlik hayoti bir qismiga aylanib bormoqda.












