China COSCO SHIPPING Corporation korporatsiyasi rahbari Syuy Lijunning ma'lum qilişiça, BRIKS davlatlari savdo proteksionizmining (biror davlatning öz milliy iqtisodiyotini çet el raqobatidan himoya qilişga qaratilgan siyosati) istalgan şakllariga birgalikda qarşi turişi va jahon iqtisodiyoti globallaşuvining barqaror rivojini ilgari surişi lozim. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Xalqaro holat yaxşilangani şaroitida, BRIKS mamlakatlari iqtisodiyotlarida ham ijobiy tendensiyalar közga taşlanmoqda, BRIKSning kelajagida katta istiqbollar bor. Biz oçiq global iqtisodiyot quriş va uni qat'iy himoya qiliş, proteksionizmning istalgan şakllariga birgalikda kuraşiş, inklyuzivlik prinsipiga rioya etiş va jahon iqtisodiyoti globallaşuvining soğlom rivojlanişiga turtki berişga çaqiramiz», - dedi u.
Avvalroq Xitoy BRIKS sammitiga yana 5 davlat yetakçisini taklif qilgani xabar berilgandi.












