Ötgan yilning 9 oktabrida «Harakah al-Yaqin» guruhining Myanma çegara postlariga hujumi natijasida boşlangan nizolar yuz berganidan söng 75,000 nafarga yaqin rohingya Bangladeşga köçib keldi. Ayni paytda 1,3 milliard aholiga ega Hindiston içida ham işsizlik, qaşşoqlik va ijtimoiy şaroitlar past darajada bölib, buning ustiga etnik-diniy töqnaşuvlar musulmon jamoalarining tinkasini quritib bormoqda. Rohingya jamoasi musulmonlari kim va nima uçun qiyinçiliklarga duçor bölmoqda?
Ziddiyat tarixiga bir nazar
XV asrda Buyuk Britaniya flotiliyasi Hind okeani havzasiga kirib kelgan bir davrda, rohingya xalqi Arakan vodiysida keng yoyilgandi. 1826 yili inglizlar Arakan hududini annektsiya qilişi bilan vodiyga köplab rohingyalarning köçib kelişi boşlandi. Dastavval, 1869 yilda vodiy aholisining 5 foizini musulmonlar taşkil qilgan bölsa, 1911 yilga kelib, ularning soni 178 mingdan ortdi.
Keyinçalik, Buyuk Britaniyaning hind yerida olib borayotgan «bölib taşla, hukmronlik qil!» siyosati samara bermay qöydi. Mustamlaka yerlarning mustaqillik uçun kuraşi avj oldi. Şu orada, ya'ni 1942 yili Arakan buddistlari, rohingya musulmonlari va ingliz qurolli kuçlari örtasida jiddiy töqnaşuv bölib ötdi.
1948 yil Birma (hozirgi Myanma) davlati öz mustaqilligini e'lon qildi, ammo rohingya jamoalarini öz fuqarolari tarkibiga kiritmasligini bildirib, keskin separistik harakatni boşlab bergan.
Sönggi kunlarda vaziyat keskinlaşmoqda
Ötgan davr mobaynida inson huquqlarini himoya qiliş faoliyati bilan şuğullanib kelgan xalqaro taşkilotlar, BMT, mintaqa mamlakatlari ultra millatçilik ruhida rohingyalarga tajovuz qilinişi yöl qöyib kelgan Myanma hukumati qattiq tanqidga ostiga olingan.
2012 yili rohingya a'zolarining biri tomonidan zörlangan roxina (buddist) ayoli va buddistlar tomonidan 10 musulmon qatl etilişi katta janjalni boşlab berdi. The Economist naşrining yozişiça, hukumat rohingya jamoasining sitamlarga mahkum bölişiga beparvo bölib, millatçi buddistlarni bepul tuşlik va transport bilan ta'minlab turgan.
Aynan mamlakat ğarbida joylaşgan Rakxayn ştatida etnik kelib çiqişiga köra roxinalar kam sonli bölib qolayotgani muammoni bartaraf etişga imkon bermayapti. 140 ming nafarga yaqin rohingyaning maqomi rasman tan olinmagan holatda, Rakxayn etnik va diniy ziddiyatlar portlaşi kutilayotgan boçkadek kun keçirmoqda.












