AQŞda 70 mingdan ortiq inson mamlakat prezidenti Donald Trampga milliarder Jorj Sorosni terrorçi sifatida tan oliş söralgan petitsiyani imzoladi. Murojaat matni Oq uy saytining tegişli bölimida joylaştirilgan.

Taklif mualliflarining bildirişiça, Soros «doimiy ravişda vaziyatni beqarorlaştirişga harakat qilgan va Qöşma Ştatlar hamda uning fuqarolari manfaatlariga zid iş olib borgan».

Petitsiyada aytilişiça, milliarder önlab alohida taşkilotlarga asos soldi va ularni moliyalaştirdi. Maqsad esa yagona bölgan – konstitutsiyaviy hukumat tanazzulga yuz tutişiga turtki beriş.

Şuningdek, öz imzosini qöyganlar Sorosni butun Demokratik partiya va AQŞ federal hukumatining katta qismiga nosoğlom va asossiz ta'sir körsatişni kuçaytirib borişda ayblaşmoqda.

«Adliya vazirligi Jorj Soros va uning barça taşkilotlari hamda ularning a'zolarini uy terrorçilari, deb e'lon qilişi lozim, uning şaxsiy mulki va aktivlari musodara etilişi kerak», - deyiladi petitsiyada.

AQŞ prezidenti ma'muriyati petitsiyani körib çiqişi uçun 2017 yilning 19 sentabriga qadar 100 ming imzoni yiğiş lozim. Petitsiya E.B. taxallusi ostidagi foydalanuvçi tomonidan 20 avgust kuni taşkil etildi.

Soros Tramp prezidentlik saylovlarida ğalaba qozonganidan söng, Amerika yetakçisi inauguratsiyadan keyin diktatorga aylanişi mumkinligi haqida ma'lum qilgandi. Milliarderning özi saylovoldi kampaniyasi doirasida Trampning raqibi – sobiq davlat kotibi Hillari Klintonni qöllab-quvvatladi.

Joriy yilning fevral oyida Obama va Soros Ukrainadagi töntarişni taşkillaştirişda ayblangandi.