iPhone smartfonlariga aksessuarlar işlab çiqaruvçilar yaqinda «qöllab-quvvatlanadigan qurilmalar» bandidagi nomni özgartira boşlaşdi – röyxatdan iPhone 7s va iPhone 7s Plus olib taşlandi, deb xabar qilmoqda Wccftech.
Ta'kidlanişiça, özgarişlar yaqinda yuz bergan, hamda yangi smartfonlar qatori katta ehtimol bilan boşqaça nomga ega böladi.
Işlab çiqaruvçilar ma'lumotiga köra, qurilmalar yangi nomlarni oladi – mos ravişda iPhone 7s, iPhone 7s Plus va iPhone 8’ning örniga iPhone 8, iPhone 8 Plus va iPhone Edition.
Avvalroq iPhone 8 taqdimotining sanasi ma'lum qilingandi.












