Argentinada dunyo böylab ommaviy suiqasdlarni uyuştirayotgan 17 yoşli ösmir qölga olindi, deb yozmoqda El Pais gazetasi.

Xabarlarga köra, ösmirning vahşiyona rejasini Baskoniya (Ertzaintza) politsiyasi barbod qilişning uddasidan çiqqan. Politsiya mahkamasi ijtimoiy tarmoqlarda öz a'zolarini 17 avgustda ommaviy joniga suiqasd qilişga undayotgan xalqaro guruhni aniqlagan. 

Basklar politsiyasining internet xizmatlarini körsatuvçi kompaniyalar bilan hamkorligi natijasida ommaviy özini-özi öldiriş taşkilotçisi Argentinada yaşayotgani aniqlangan. 

Söngra Ertzaintza xodimlari argentinalik hamkasblari bilan boğlanişgan va belgilangan muddatdan 6 kun avval yoş yigit uşlandi. 

Naşrning qayd etişiça, ösmirning xonasida piçoqlar va ustara lezviyalari, şuningdek, qonga belangan doka topilgan. Xabarlarga köra, voyaga yetmagan ösmir ruhşunos mutaxassislar nazoratida. 

Huquq-tartibot organlari tergovni davom ettirayotgani bois, qurbonlar soni va millatiga oydinlik kiritilmayapti. Tergovçilar, şuningdek, guruhning barça a'zolarini yoki 17 yoşli ösmir tomonidan taşkil etilgani ehtimol bölgan boşqa guruhlarni ham aniqlaş ustida iş olib borişmoqda.