Birminghem Universiteti Amaliy kriminalogiya markazi direktori Elizabet Yardli uzoq yillik tadqiqotlardan söng, farzand tarbiyasida e'tiborsiz bölib, kelajakda undan qotil kişi çiqişiga zamin yaratib beruvçi onalarning uç xil tasnifini e'lon qildi. Uning fikriça, bunday volidalar anit-ona, Uber-ona va passiv ona turlari bilan tavsiflanadi, deb yozadi Huffington Post.

Anti-ona

Bu turkumga kiruvçi onalar özi tarbiyalangan oilada köplab qiynoq va sitamlarga duçor bölgan, jamiyatda kamsitilgan böladi. Unga qilingan qöpol muomala va e'tiborsizlik ayol kişining psixologiyasini jarohatlaydi. Ammo, hamma ona ham boşdan keçirgan qiyinçiligini farzandiga ravo körmaydi.

"Şunga qaramasdan, anti-ona turkumidagilar siklni davom ettiradi, ya'ni olgan azoblarini bilvosita alamini boladan olişga harakat qiladi. Baxtsiz bolalik ötmişi uni ta'qib qilaveradi. Natijada, jamiyat navbatdagi psixo jarohatlar bilan ulğaygan kişilarga tölib boraveradi”, deydi Elizabet.

Tadqiqotçi misol tariqasida Fred Uestning hayotida bölib ötgan hodisalarni sözlab beradi. Uning aytişiça, Fredning otasi öz qizini zörlagan, onasi esa unga doim qöpol munosabatda bölib, sökib turgan. Oqibatda, ulğaygan Fred ham öz qizini zörlaşdek otasining xatosini qaytardi.

Uber-ona

Uber-ona bolasining har bir qadamini kuzatib, harakatlari uçun hisobot talab qiladi. Balki uning özini bunday tutişiga yoşlikda yetişmovçilikda ösgani, etnik qadriyatlar, nikohsiz tuğiliş omillari ta'sir etgan bölişi haqiqatga yaqin.

"Uber-ona farzandi öta ehtiyot qilişga harakat qiladi, bolaning taşqi olam bilan qilişi mumkin bölgan barça munosabatlarini töliq nazoratda uşlab turişni xohlaydi. Vaqt ötişi bilan farzandining tajovuzkor insonga aylanib borayotganidan esa volidaning xabari bölmaydi”, deb fikr bildiradi tadqiqotçi.

Onasining qaramoğida tarbiyalagan Garold Şipman ayolning kasallik çoğlarida ham yonida böldi. Unga qilinayotgan morfin ukolidan taassufga tuşgan Garold, darmon me'yorini köpaytirib, onasidan alamini şu tariqa oldi. Kelajakda şifokor bölib yetişgan Şipman, şu tarzda yana 250 nafar bemorning joniga qasd qildi.

Passiv ona

Uçinçi tasnifdagi onalar jamoatçilik fikri va ma'naviy çegaralar bilan işi yöq. U şunçaki jamiyatning yana bitta a'zosi ulğaytiradi, alohida yorqin şaxsni emas. Farzandining har qanday çegarani bosib ötişiga jim qarab turgan, eng muhimi qöl qovuştirib turgan bunda onalar eng xavfli va aşaddiy qotilning volidasi bölişi mumkin.