Meksikaning Quyi Kaliforniya ştatiga yopirilgan «Lidiya» tropik pörtanasi oqibatida kamida tört kişi, jumladan bir bola halok böldi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Şamol tezligi soatiga 85 kilometrga yetgan.
Pörtana tufayli kuzatilgan kuçli yomğirlar sababli 1,4 ming aholi öz uyini tark etdi. Hozirgi paytda ular vaqtinçalik joylaştiriş markazlarida qolmoqda.
Ta'kidlanişiça, taxminan 20 ming xorijiy sayyoh muşkul vaziyatda qolgan, sababi aviataşuvçilar mintaqaga reyslarning bekor etilişi haqida ma'lum qilişdi.
Avvalroq AQŞ prezidenti Donald Tramp «Harvi» dovuli oqibatlarini bartaraf etişga 7,85 mlrd dollar söragani xabar berilgandi.












