Tojikiston rahbari Imomali Rahmonning Xitoyga davlat taşrifi doirasida Pekinda 13 ta davlatlararo hujjat imzolandi. Bu haqda Tojikiston prezidenti matbuot xizmati ma'lum qildi. Hujjatlarni imzolaş marosimi Xitoy raisi Si Tszinpin va Rahmon uçraşuvidan keyin bölib ötgan.

Tomonlar ikki davlat örtasidagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy va gumanitar munosabatlar darajasidan qoniqiş bildirişgan. 

Uçraşuvda Tojikiston va Xitoy örtasida quriliş materiallari, paxta tolasi va toğ-metallurgiya minerallarini qayta işlaş sohalarida hamkorlikni rivojlantiriş va kengaytiriş masalalari körib çiqildi, soğliqni saqlaş, ta'lim va madaniyat sohalarida ikki tomonlama munosabatlarni yaxşilaş böyiça kelişuvga erişildi. 

Uçraşuvda ikki davlat örtasida strategik hamkorlik örnatiş, hamkorlik dasturi, qişloq xöjaligi hamkorligining namunali boği quriş haqidagi memorandum, mehnat resurslari sohasida hamkorlik memorandumi, infratuzilma sohasida hamkorlikni mustahkamlaş, davlat sektorida auditorlik faoliyatida hamkorlik memorandumi, beğaraz yordam ajratiş böyiça texnik va iqtisodiy hamkorlik kelişuvi, eelektr uzatiş liniyalarini quriş loyihasiga imtiyozli kredit ajratiş kelişuvi, ilmiy-texnik hamkorlik memorandumi, intellektual mulk sohasida hamkorlik memorandumi, Tojikistonning “Xovar” va Xitoyning “Sinxua” axborot agentliklari örtasidagi hamkorlik memorandumi, Tojikistonning Xatlon viloyati va Xitoyning Şansi viloyati örtasida birodarlik munosabatlarini örnatiş kelişuvi kabi hujjatlar imzolandi.

Bugungi kungaça Tojikiston va Xitoy örtasida ikki tomonlama hamkorlikka tegişli hujjatlar soni 200 taga yaqinni taşkil qilgan.